Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp: «Kongo va Ruanda o‘rtasida tinchlikka erishdik. Lekin bu uchun menga Nobel berishmaydi»

Tramp: «Kongo va Ruanda o‘rtasida tinchlikka erishdik. Lekin bu uchun menga Nobel berishmaydi»

AQSh prezidenti Kongo Demokratik Respublikasi va Ruanda o‘rtasida tinchlikka erishish uchun shaxsan o‘z hissasini qo‘shdi, uning vakillari kelasi hafta Vashingtonda tinchlik shartnomasini imzolashi kutilmoqda.

2022-yildan beri urush davom etayotgan mamlakatlar chorshanba kuni kelishuvni e’lon qildi.

«Bu Afrika uchun ajoyib kun va ochig‘ini aytganda, dunyo uchun ajoyib kun!» – deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

«Ammo men buning uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olmayman», – dedi Tramp va o‘zining tinchlik o‘rnatish borasidagi «Hindiston va Pokiston, Serbiya va Kosovo o‘rtasidagi urushni to‘xtatish», «Misr va Efiopiya o‘rtasidagi tinchlikni saqlash» kabilar uchun sa’y-harakatlari e’tibordan chetda qolganini qo‘shimcha qilib.

«Men nima qilmay, baribir Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini berishmaydi, jumladan, Rossiya-Ukraina va Isroil-Eron uchun ham», - deya xulosa qildi u.

AFP nashri Tramp qoldirgan postni izohlar ekan, u o‘zini doim tinchlikparvar sifatida taqdim qilib kelayotgani, biroq amalda yuqoridagi mojarolarda uning roli unchalik ahamiyatli bo‘lib ko‘rinmayotganini yozadi.

U, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini avvaliga 24 soat, keyin 100 kun ichida tugatishga va’da bergan, biroq prezident bo‘lganiga besh oy bo‘lsa ham, bunga erisha olmadi.

Ma’lumot uchun, 2009-yilda AQSh prezidenti lavozimidagi o‘zidan oldingi prezident Barak Obama «xalqaro diplomatiya va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan g‘ayrioddiy sa’y-harakatlari uchun» Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring