Tramp Kim Chen Inni Oq uyga taklif qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni Oq uyga taklif qildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Singapurda bugun o‘tkazilgan uchrashuvda AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi. Lekin bu hujjatlar nimalardan iborat ekani sir saqlanayapti.
Hujjatlarni imzolash marosimidan so‘ng muxbir Trampdan «Kim Chen Inni Oq uyga taklif qilasizmi?» so‘radi.
«Albatta», – deya javob qaytardi Oq uy rahbari.
Ikkala mamlakat rahbarlari bir-birlariinng qo‘llarini siqib xayrlashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter