Tramp Kim Chen Inning unga yozgan maktubini «juda qiziqarli» deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan 12 iyun kuni Singapurda ko‘rishishga rozilik berdi. Bu haqda «Argumenti i fakti» xabar bermoqda.
Bu haqda u Shimoliy Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kim Yon Chol bilan bo‘lib o‘tgan muzokaradan so‘ng ma’lum qilgan. Uchrashuv davomida Tramp Kim Chen In jo‘natgan maktubni qabul qilgan. Tramp xatning «juda qiziqarli» ekanini aytgan, ammo unda nima yozilganini ma’lum qilmagan. Hatto uning ma’muriyati ham unda nima yozilganidan bexabar.
Bundan tashqari, Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi cheklovlar joriy etmasligini va mamlakatga nisbatan ortiqcha bosim o‘tkazmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yadro qurolidan voz kechishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 12 iyunda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Donald Tramp hamda Kim Chen In uchrashuvi bekor qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter