Tramp hukumatdan Kaliforniya gubernatorini hibsga olishni so‘ramoqda

Los-Anjelesda davom etayotgan immigratsion siyosatga qarshi namoyishlar fonida Tramp o‘z hukumatidan Kaliforniya gubernatori, demokrat Gavin Nyusomni, agar u o‘z shtatidagi federal harakatlarga to‘sqinlik qilishda davom etsa, hibsga olishni so‘ramoqda. Gevin Nyusom Los-Anjeles ko‘chalariga Milliy gvardiya qo‘shinlarining bo‘lishiga qarshi chiqqan va uni «noqonuniy va axloqsizlik» deb atagandi.
«Qo‘shma Shtatlar prezidenti amaldagi gubernatorni hibsga olishga chaqirmoqda. Men Amerikada bu kunni hech qachon ko‘rmayman deb o‘ylagandim», – deb yozadi Nyusom X ijtimoiy tarmog‘ida.
Ayni paytda Pentagon Los-Anjelesga dengiz piyodalarini yuborgan.
Kaliforniya rasmiylari dushanba kuni prezident Donald Trampni shtat suverenitetini buzganlikda aybladi va uni Milliy gvardiyani shahar bo‘ylab joylashtirishni to‘xtatish yuzasidan sudga berishini e’lon qildi.
Kecha, dushanba kuni tushdan keyin 1000 ga yaqin Milliy gvardiya askarlari immigratsiya noroziliklariga qarshi kurashish uchun federal buyruqqa binoan allaqachon shaharda edi. Hodisa joyida yana 1000 nafar harbiyning bo‘lishi kutilmoqda, chunki Tramp ma’muriyati 2000 kishini joylashtirishga ruxsat bergan.
AQSh Shimoliy qo‘mondonligi dushanba kuni bergan bayonotida, Pentagon, shuningdek, immigratsiya noroziliklarini bartaraf etishda Milliy gvardiyaga yordam berish uchun Los-Anjelesga rasman 700 ga yaqin dengiz piyodalarini yubordi.
«Buyuruqni bekor qiling. Kaliforniyani yana nazorat ostiga qaytaring», – deb talab qildi demokrat Nyusom X ijtimoiy tarmog‘idagi postida.
Tramp esa Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida agar u Milliy gvardiyani yubormaganida shahar «butunlay vayron bo‘lishi»ni aytdi.
Kaliforniya bosh prokurori Rob Bonta namoyishlar ko‘lami Tramp qo‘shinlar sonini oshirganidan so‘ng kuzatilgan va bu esa tartibsizliklarga sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Kaliforniyadagi tartibsizliklarda O‘zbekiston fuqarolarining ishtiroki kuzatilmagani va TIVning bu boradagi ogohlantiruvi haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter