Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp «Google»dan norozi

Tramp «Google»dan norozi

Foto: «kp.ru»

AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, «Google»da o‘zi haqida qidiruv berilsa, soxta va yolg‘on xabarlar chiqib kelmoqda, deb yozadi «Sabah.com».

Tramp o‘zining «Twitter»dagi shaxsiy sahifasida «Google»dagi soxta va yolg‘on xabarlarning chiqishi kimlarningdir nayrangi bo‘lishi mumkinligini yozgan. 

Trampning e’tirozidan so‘ng «Google»ning asosiy tashkiloti «Alphabet» bayonot berdi. Unga ko‘ra, «Google» qidiruvi siyosiy voqelikni yuzaga keltirishni istamaydi. Qidiruvda hech qanday siyosiy g‘oya maqsad qilinmagan, deyilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring