Tramp «Forbes 400» ro‘yxatidagi boylar safidan chiqib ketishiga oz qoldi
AQSh prezidenti Donald Tramp bisoti 3,1 milliardga tushib ketishi sababli AQShning eng boy insonlari 400taligida 138 pog‘onaga tushib ketdi.
«Forbes»ning yozishicha, 2015 yilda Trampning boyligi 4,5 milliard dollar bo‘lgan. Shundan beri u 1 milliard dollar yo‘qotgan. 2017 yilda Tramp reytingda 248-o‘rinni egallagan.
Buning sabablari sifatida Trampning tijoriy va siyosiy faoliyati birlashgani aytilyapti. Prezidentga matbuotning munosabati ham yaxshi emas. Trampning ko‘chmas mulkka yo‘naltirilgan investitsiyalari ham bosim ostida.
«Donald Tramp qanchalik harakat qilmasin - u esa aniq harakat qilmoqda - u prezidentlikdan boyimayapti»,- deb yozadi nashr.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter