Tramp Sukerbergni qattiq ogohlantirdi
«Prezidentlik sayloviga aralashsang, qolgan umringni qamoqda o‘tkazasan» — AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Meta (Facebook) asoschisi va rahbari Mark Sukerbergni qattiq ogohlantirdi. Bu haqda Politico gazetasi xabar berdi.
Tramp «Save America» kitobida yozishicha (3-sentyabr kuni taqdim etiladi), Meta rahbari 2020-yilgi saylovda unga qarshi fitna uyushtirgan.
Kitobda Tramp va Sukerberg Oq uyda uchrashganida tushirilgan fotosurat joylangan. Surat ostidagi yozuvga ko‘ra, o‘shanda Facebook asoschisi rafiqasi hamrohligida Tramp bilan uchrashuvga kelgan.
Sukerberg o‘zini «imkon qadar yaxshi ko‘rsatishga uringandi», aslida esa zimdan fitnani ko‘zlagan bo‘lgan, deb yozdi Tramp. Politico izohiga ko‘ra, Tramp 2020-yilgi saylov infratuzilmasiga Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan o‘tkazib bergan $420 mln dollarni nazarda tutmoqda.
«U menga Facebookda Trampga o‘xshash hech kim yo‘qligini aytgandi. Biroq qandaydir sabablarga ko‘ra, uni (Facebook)ni menga qarshi qilib qo‘ydi. Biz uni diqqat bilan kuzatyapmiz. Bu safar ham qonunga zid ish qilsa, xuddi 2024-yilgi prezidentlik saylovidagi boshqa firibgarlar qatori, qolgan umrini qamoqda o‘tkazadi», — Trampning kitobidan iqtibos keltirdi Politico.
Avvalroq Bloomberg yozishicha, Sukerberg bu safar Trampni ham, demokratlarni ham qo‘llamoqchi emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter