Tramp Baydenni qattiq haqorat qildi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp amaldagi prezident Jo Baydenni 2021 yilda AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilgani uchun ahmoq deb atadi.
Truth Social tarmog‘ida Tramp shunday yozgan: «Oq uydagi eng katta ahmoq Bayden boshchiligidagi mamlakatimizni muntazam ravishda vayron qilayotgan yaramaslarda yangi dezinformatsiya o‘yini paydo bo‘ldi – Afg‘onistonni berib yuborishda «Trampni ayblash», dedi siyosatchi.
Tramp, shuningdek, Baydenni Afg‘onistondan tinch aholini emas, harbiylarni birinchi evakuatsiya qilishga chaqirgani uchun ham aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 85 milliard dollarlik qurol-yarog‘ va texnikaning «Tolibon» qo‘liga o‘tishi, shuningdek, amerikalik askarlarning o‘limiga ham aynan amaldagi prezident aybdor.
«Buning uchun faqat Bayden aybdor, boshqa hech kim!» dedi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampga 34 ta ayblov qo‘yilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter