Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toyloqdagi YTH oqibatida urgutlik haydovchi vafot etdi

Toyloqdagi YTH oqibatida urgutlik haydovchi vafot etdi

Kecha, 22-noyabr kuni soat 17:30 da Samarqand – Sadriddin Ayniy yo‘nalishidagi A-377 avtomobil yo‘lining Toyloq tumani Bog‘izog‘on mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB xabar berdi.

Urgut tumanining Tinchlik mahallasida yashovchi M.Sh. (1991-y.t.) Spark mashinasi bilan qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, shu yo‘nalishda harakatlanayotgan Damas bilan to‘qnashib ketgan. Damas rulida Toyloq tumani Talliota mahallasida yashovchi R.X. (1999-y.t.) bo‘lgan.

YTH oqibatida tan jarohati olgan ikkala haydovchi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, Spark haydovchisi vafot etgan.

Holat bo‘yicha Toyloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston JK 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring