Toyloqda maktab direktorining o‘rinbosari kaltaklandi
Samarqand viloyati, Toyloq tumanida maktab direktori o‘rinbosarining kaltaklanganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2021 yil 26 may kuni direktor o‘rinbosari A.S. 9-sinf o‘quvchisi A.Sh. imtihonga kechikib kelganligi sababli unga tanbeh berib, og‘zaki urishganligi uchun o‘quvchi arazlab maktabdan chiqib ketib, shu kun amakisining o‘g‘illari M.Sh. va S.Sh.larni maktabga birga olib kelgan, ular direktor o‘rinbosarini xizmat xonasida urishib, unga tan jarohati yetkazishgan.
Ushbu holat bo‘yicha 31 may kuni Samarqand viloyati, Toyloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan M.Sh. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter