Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yosh kelin-kuyovning to‘yiga bordi. Ularga uy to‘yona qilindi (foto)

Prezident yosh kelin-kuyovning to‘yiga bordi. Ularga uy to‘yona qilindi (foto)

Foto: «kruz.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-16-noyabr kuni Qoraqalpog‘istonga safari davomida Nukus shahrini ko‘zdan kechirib yurib, yosh kelin-kuyovning to‘yiga ham tashrif buyurgan edi. Davlatimiz rahbari yosh kelin-kuyovga baxt tilab, oilasi mustahkam bo‘lishini tiladi, deb xabar berdi «O‘zA».

17-noyabr kuni yosh kelin-kuyovlarga Nukus shahrining eng shinam maskanlarining biri «Qumbiz ovul» OFY hududida qad rostlagan ko‘p qavatli uylarning biridan Prezident sovg‘asi – turar joy sovg‘a qilindi.

Foto: «kruz.uz»

— Bizning nikoh to‘yimiz haqiqiy baxt to‘yiga aylandi, — deydi yosh kelin-kuyov Sultan Torenov va Hurliman Arziyevalar. — Shu kuni biz kechda bo‘lib o‘tadigan yoshlar to‘yi oldidan Nukus shahrining chiroyli joylarini aylanib yurgandik. Sayl davomida tamaddi qilish uchun kichik bir qahvaxonaga kirdik. Bir payt biz o‘tirgan yerga Prezident kirib keldi va bizni baxt to‘yimiz bilan qutladi. U paytdagi his-tuyg‘ularimizni aytib yetkazish qiyin, albatta. Prezidentimiz to‘yimizga sovg‘a sifatida uy berdi.

Foto: «kruz.uz»

Sultan va Hurliman ikkalasi ham talabalar. Ular Qoraqalpoq davlat universitetining Texnologiya fakultetida 4-kursda bitta guruhda tahsil oladi. Sultanning ota-onasini uyi Qorao‘zak tumanining Madaniyat ovul fuqarolar yig‘inida, kelin Hurlimanning uyi esa Nukus shahrida. Endi ular shaharning zamonaviy qismida birgalikda istiqomat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring