To‘ydan keyingi pichoqbozlik
2021-yil 30-iyul kuni Shahrisabz shahrida to‘ydan mast bo‘lib qaytgan fuqarolardan biri ko‘chada begonalar bilan janjal qildi. Janjal oqibati pichoqbozlik bilan tugadi.
Holat yuzasidan ma’lumot e’lon qilgan Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga ko‘ra, «Zingiron» mahallasida yashovchi I.Z. qarindoshi, Shahrisabz shahar «Choshtepa» mahallasida yashovchi N.B. bilan to‘yga boradi. To‘ydan «yaxshigina qizib» chiqqan qarindoshlar soat 23:30larda savdo do‘koniga kirib suv olib chiqib, do‘kon oldida turgan Shahrisabz shahar «Choshtepa» mahallasida yashovchi M.U. va Shahrisabz tumani Chuqun qishlog‘ida yashovchi A.Sh. bilan o‘zaro janjallashib qolishgan.
Natijada janjal vaqtida M.U. yonida bo‘lgan pichoqni I.Z.ning chap ko‘krak sohasiga bir marotaba sanchib olgan. I.Z. tan jarohati olib, shifoxonaga tushgan.
Holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter