To‘y kortejida sho‘xlik qilgan 16 nafar yigit 15 sutkaga qamaldi
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida to‘y kortejida qatnashgan 16 nafar qoidabuzarlarga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yozyovon tumanida bir guruh yigitlar to‘y korteji uyushtirib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzib, guruh bo‘lib harakatlangan. Shu kuning o‘zida huquq buzarlar shaxsiga aniqlik kiritilib, avtomobillar vaqtincha jarima maydoniga qo‘yilgan.
To‘plangan hujjatlar sayyor sud tartibida ko‘rib chiqilgan. Sud jami 16 nafar yigitning har biriga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter