To‘y kortejida yo‘l talashib, o‘zaro to‘qnashganlar jazolandi

26-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda to‘y marosimida ikkita «Lasetti» rusumli avtomashinalar bir-biri bilan yo‘l talashib, to‘qnashib harakatlangan holati tarqaldi.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borildi.
Olib borilgan surishtiruv natijasida Nukus shahri, «Rejissyorlar» ko‘chasida yashovchi fuqaro A.J. va Chimboy tumani «Paraxatshilik» ko‘chasida yashovchi fuqaro B.R. o‘zlariga tegishli bo‘lgan «Lasetti» rusumli avtomashinalarida to‘y kortejida guruh bo‘lib harakatlanib Nukus shahri «P.Seytov» ko‘chasida qo‘pol qoidabuzarlik qilib bir-biri bilan yo‘l talashib to‘qnashib harakatlangan.
Holat yuzasidan har ikkala avtomashina haydovchilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 129-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter