Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent–Xo‘jakent temiryo‘li uzaytirildi

Toshkent–Xo‘jakent temiryo‘li uzaytirildi

2024-yilning dekabr oyida Xo‘jakentdan Chinorkentga qadar temiryo‘l qurilib, 22-yanvar kuni yangi «Chinorkent» bekati ishga tushirildi.

Shuningdek, bu yerda 150 metr uzunlikdagi perron hamda soyabon qurilib, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun sirg‘anishga qarshi plitalar o‘rnatildi va yo‘lovchilar uchun yerosti tunneli barpo etildi.

Ma’lumot uchun, 2024-yilning dekabr oyida Toshkent–Xo‘jakent–Toshkent yo‘nalishida tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. Shavkat Mirziyoyev o‘tgan oyda Toshkent viloyatiga tashrifi davomida yangi elektropoyezdda Xo‘jakentga bordi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring