Toshkentning Yashnobod tumanida ayrim hududlar gaz ta’minotisiz qoladi
Ta’mirlash ishlari sababli ertaga, 15-mart kuni Yashnobod tumanining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Yashnobod tumani, «Bahor» MFY hududidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvurini ta’mirlash amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu sababli joriy yilning 15-mart kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar MFYdagi jami 450 ta uy xo‘jaliklarida hamda hududdagi 3 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter