Toshkentning uch tumanida issiq suv o‘chirildi
Bugun «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli «Chuqursoy» podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik tufayli, Yunusobod tumanida joylashgan 4-qozonxonaning 2 navbati o‘chirildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, quyidagi manzillarda issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha bo‘lmaydi:
Yunusobod tumani: Markaz-2, Markaz-4, 5, 6 mavzelarida joylashgan turar joylar, ijtimoiy muassasa va ma’muriy binolar.
Hakimzoda, J. Obidova, Ergasheva, Niyozbek yo‘li, Arifova ko‘chalari, A.Temur va Qorasaroy shohko‘chalari.
Olmazor tumani: Qoraqamish 1/1, Qoraqamish 1/2, Qoraqamish 2/1, Qoraqamish 2/3, Qoraqamish /5, Markaz-22 mavzelari, G‘ofur G‘ulom, Taxtapul, Sebzor, Markaz-17/18, Shimoliy Olmazor, A. Bobojonova, Qorasaroy, Fayzi Baland, Abduraxmonov, Sag‘bon, Yolqin, Dadaboyev, O‘rozboyev, Yunusov, Muxbir, Keles yo‘li, Noraztepa ko‘chalarida joylashgan turar joylar, ijtimoiy muassasa va ma’muriy binolar.
Shayxontohur tumani: Zulfiyaxonim, U.Yusupov, Labzak ko‘chalarida joylashgan turar joy uylari.
Hokimlik yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi va ta’minot 18:00 ga qadar tiklanishini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter