Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning ma’lum ko‘chalarida harakat yarim yilga cheklanadi

Toshkentning ma’lum ko‘chalarida harakat yarim yilga cheklanadi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligi Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasidan 2-Qorasuv va Elbek ko‘chalari bo‘ylab Do‘stlik metro bekatigacha bo‘lgan hududda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga yerusti temir yo‘l qurilish montaj ishlarini bajarishi yuzasidan, 2018-yil 10-maydan 2019-yil 31-yanvarga qadar barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanishini ma’lum qiladi.

Barcha turdagi transport vositalari harakati cheklangan ko‘chalarni aylanib o‘tish uchun jamoat transportining harakat yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi «Toshkent shahrida ikki yo‘llik elektrlashtirilgan tezyurar temir yo‘lini qurish» loyihasini amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ushbu temir yo‘l qurilish montaj ishlarini bajarishda yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘l harakati ishtirokchilaridan uzr so‘raydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring