Toshkentning ko‘cha chiroqlarini o‘chirib qancha elektr «ekonom» qilinyapti?
«Toshshaharnur» davlat unitar korxonasi elektr energiyasini «ekonom» qilish maqsadida Toshkentda joriy yil 16-noyabrdan boshlab tegishli tartibda o‘chirilayotgan ko‘cha chiroqlari va bu orqali iqtisod qilinayotgan «kVt»lar haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, poytaxtdagi reklama monitorlari va ko‘chalarni yoritish chiroqlarini o‘chirish natijasida Toshkentda kunlik elektr energiyasi sarfi 25 foizga kamaygan. Xususan, oktyabr oyida o‘rtacha kunlik iste’mol 115,9 ming kVt/soatni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu 87,8 ming kVt/soatni tashkil etmoqda.
Qayd etilishicha, poytaxtning o‘rtacha kunlik elektr energiyasi iste’moli taxminan 25,7 mln kVt/soatga teng bo‘lib, ko‘cha yoritish tarmoqlari kuniga o‘rtacha 111,1 ming kVt/soat elektr energiyasini iste’mol qiladi. Bu esa umumiy elektr energiyasi sarfining 0,4 foizini tashkil qiladi.
Korxona bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirgi vaqtda Toshkent shahridagi yoritgichlar umumiy soni 140 mingga yaqin bo‘lib, ularning o‘rtacha yillik iste’moli 40 mln kVt/soatga teng.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter