Toshkentning 5 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Bugun Toshkent shahrining Yangihayot, Sergeli, Yashnobod, Mirobod va Yunusobod tumanlarining ayrim mahallalarida ta’mirlash ishlari tufayli tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan ishlar olib borish vaqtida gaz quvuriga shikast yetkazilganligi sababli Yashnobod, Mirobod va Sergeli tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Yashnobod tumani «Iltifot» MFYdan o‘tgan gaz quvurini issiqlik ta’minoti korxonasi ishlar olib borish vaqtida mavjud gaz quvurini uzib yuborganligi sababli gaz sizib chiqish holatini aniqlangan.
Mazkur nosozlikni bartaraf etish maqsadida bugun, 29-mart kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar:
Yashnobod tumani: «Assalom sohil» turar-joy majmuasi ko‘p qavatli uylardagi 520 ta aholi xonadonlarida, «Donishmand», «Nodira», «Guliston», «A.Navoiy», «Xosiyat», «Yangi davr», «Bunyodkor», «Muqimiy», «Tarnov boshi», «Olmos», «Go‘zal», «A.Yasaviy», «Boshliq», «Ma’rifat» MFYlari hududidagi jami 15 000 ta uy xo‘jaliklarida hamda 350 ta ulgurji iste’molchilarda;
Mirobod tumani: «Fayzobod», «Qo‘yliq», «Yangi qo‘yliq», «Oq uy», «Qora-su» MFYlari hududidagi jami 4 400 ta uy xo‘jaliklarida hamda 200 ta ulgurji iste’molchilarda;
Sergeli tumani: Qo‘yliq 5,6,7-dahalaridagi 2 000 ta uy xo‘jaliklarida, «Qo‘shqo‘rg‘on» MFY, Nufuzli ko‘chasidagi 380 ta uy xo‘jaliklarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter