Toshkentning 2 ta tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
Bugun, 5-iyun kuni Toshkent shahrining Bektemir va Chilonzor tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik sub’yektlarida elektr energiyasi soat 09:00dan 18:00ga qadar vaqtincha o‘chirildi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini ta’minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:
Bektemir tumanining «Iyk ota» MFYning Orasta, Fazilat, Muborak hamda Zartuproq ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
Chilonzor tumanining Bog‘iston va Lutfiy ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter