Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan viloyatlarga har kuni kamida ikkitadan aviareys qo‘yiladi

Toshkentdan viloyatlarga har kuni kamida ikkitadan aviareys qo‘yiladi

Foto: Xabar.uz

Prezident yig‘ilishida transport masalasiga to‘xtalib o‘tildi. Transport xizmatlarining yarmi avtotransportga to‘g‘ri keladi. Bu yil 1,5 mingga yaqin avtobus olib kelingan bo‘lsa-da, o‘sish 5,5 foizdan oshmagan.

Aviaxizmatlar bozorida ham raqobat paydo bo‘ldi, 6 ta xususiy kompaniya ish boshladi. Yil boshidan 25 ta yangi samolyot olib kelindi, 17 ta yo‘nalish ochildi.

Shunga qaramasdan, sohadagi xizmatlar hajmi 7,7 foiz o‘sgan, xolos. Transport vazirligi oldiga kelgusi yilda aviatashuvlar hajmini 20 foizga oshirish vazifasi qo‘yildi.

Buning uchun Toshkent shahrini viloyat markazlari bilan bog‘lovchi har kuni kamida 2 tadan reys qo‘yiladi, viloyat markazlarini o‘zaro bog‘lovchi haftasiga kamida 1 tadan reys amalga oshiriladi, kamida 7 ta samolyot olib kelinib, yana 3 ta xalqaro yo‘nalish ochiladi.

Transport vazirligiga yana kamida 1 ming 200 ta avtobus sotib olib, yo‘nalishlarga chiqarish topshirildi. Shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga avtobus qatnovlari 2 barobar oshiriladi.

Temir yo‘l bo‘yicha ham tariflar qayta ko‘rib chiqildi, keraksiz imtiyozlar bekor qilindi. Shuningdek, 6 ta tezyurar hamda shaharlararo qatnaydigan 30 ta elektr poyezd olib kelinmoqda.

Bu sohada kelgusi yilda kamida 20 foiz o‘sishni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Yana bir masala – xalqaro tashuvlarda mahalliy transport-ekspeditor korxonalar ulushi kam.

Mahalliy ekspeditorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning xizmatidan foydalanilganda, import tovarlariga bojxona boji hisoblashda transport xarajatini chegirish, xalqaro tashishlarda mahalliy ekspeditorlar xizmatiga qo‘shilgan qiymat solig‘idan imtiyoz berish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring