Toshkentdan Nurafshon shahriga metro qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Nurafshon shahridagi viloyat hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sherzod Kudbiyev, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida Ochilboy Ramatov Nurafshon shahriga metro qurilishi haqida ma’lumot berdi.
– Yaqin istiqbolda Nurafshon shahriga metro qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, infrastrukturani rivojlantirish masalalari bo‘yicha ayni paytda viloyat hokimligi bilan qat’iy ish olib borayapmiz. Ichimlik suvi, yo‘l qurilishi, kommunikatsiya va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish bo‘yicha katta hajmdagi ishlar jadal davom etmoqda, — dedi Ochilboy Ramatov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter