Toshkentdan Buxoroga uchgan samolyot ortiga qaytdi
«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining Toshkent – Buxoro yo‘nalishida parvoz qilayotgan HY23 yo‘lovchi reysi uchish aeroportiga qaytdi.
Samolyot ekipaji Buxoro aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (chang bo‘roni) tufayli uchish aeroportiga qaytishga qaror qilgan.
Bortida 125 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 16:03 da Toshkentga qo‘ndi. Samolyot yaqin soatlarda Buxoro aeroportiga uchib ketishi kutilmoqda, deyiladi Uzbekistan Airports xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter