Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent chorrahalaridagi videokameralar litsenziyasi tugagani ma’lum bo‘ldi

Toshkent chorrahalaridagi videokameralar litsenziyasi tugagani ma’lum bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Poytaxt chorrahasida o‘rnatilgan videokameralar uchun dasturiy ta’minot litsenziyasi muddati tugadi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti vakili. Hokimlik tizimni qayta ishga tushirish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchidan 1,1 milliard so‘mlik dasturni sotib olishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Shveysariya kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi 114 ta chorraha va boshqa joylarda 2017 yilda ishga tushirilgan kameralarning litsenziyasi muddati tugagan.

Endilikda mahalliy «ABL-SOFT» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan AutoCon tizimini sotib olib, kameralarni ishlatish rejalashtirilmoqda. 

«Biz ular bilan suhbatlashdik, ular bizga tijorat taklifini berishdi. 1,1 mlrd. so‘m — bu tizimning narxi, — dedi Raqamli rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari Aleksey Xan. —  Bu pulni ikki oy ichida qoplashimiz mumkin bo‘ladi. Chunki bitta kompleks oyiga taxminan 300 mln so‘mlik qoidabuzarliklarni qayd etadi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring