Toshkentdagi tungi klubda yana pichoqbozlik bo‘ldi
Yunusobod tumanidagi “TET-a-TET” tungi klubida 24-fevral kuni soat 23:30 da pichoqbozlik sodir bo‘lgan. Oqibatda 5 kishi og‘ir jarohatlangan, deya xabar berdi Zed News telegram kanali.
Ushbu hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye,k” bandlari (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mushtlashuvga aralashganlardan biri yog‘och dastali kichik oshxona pichog‘i bilan 3 yigitga tan jarohati yetkazgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha 26-fevral kuni voqea qatnashchilaridan 2 yigitga ayb e’lon qilinib, shu kunda qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan.
“TET-a-TET” tungi klubidagi pichoqbozlik so‘nggi yetti oy ichidagi ikkinchi yirik qonli voqea bo‘ldi. 2018 yilning avgust oyida Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubida yuz bergan pichoqbozlikda erkin kurashchi Jamshid Kenjayev halok bo‘lgan edi. Hozir ushbu ish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter