Toshkentdagi korxonada yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 25 may kuni soat 02:30 da Toshkent shahar Bektemir tumani «Mirishkor» MFY Chirchiq bo‘yi ko‘chasida joylashgan tadbirkorlik sub’yektida yong‘in yuzga keldi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, yong‘in chiqindi moy mahsulotini qayta ishlash vaqtida sig‘imni yorilib ketishi natijasida yuzaga kelgan.
Yong‘inni bartaraf etish uchun 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 02:32 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:09 da o‘rab olingan va soat 03:16 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 150 kv.m maydonda chiqindi moy mahsulotlari yonib ketgan.
«Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan yo‘q», – deyiladi FFV bergan xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter