Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi «samosud»lar videosiga IIBB munosabat bildirdi

Toshkentdagi «samosud»lar videosiga IIBB munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar boshqa fuqarolar tomonidan «samosud» qilinayotganligi, o‘zboshimchalik bilan so‘roqqa tutilayotganligi aks etgan videolar tarqalmoqda.

Toshkent shahar IIBBning aniqlik kiritishicha, holatlardan biri Bektemir tumanida sodir bo‘lgan. Fuqarolar 1990 yilda tug‘ilgan P.S. va 1991-yilda tug‘ilgan K.F. joriy yilning 18-mart kuni 2003-yilda tug‘ilgan A.R.ni do‘konlariga xaridor sifatida kirib, do‘kon xodimlari xarid qilingan mahsulot uchun to‘lov varaqasi (chek)ni bermaganligi yuzasidan ushbu do‘konlarning «QR-kodini» skaner qilib «Soliq hamkor» sahifasiga yuborganligi uchun turli so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Bundan tashqari, 20-mart kuni Sergeli tumanida bir nechta fuqaro 1997-yilda tug‘ilgan L.F.ni do‘kon xodimlari xarid qilingan mahsulot uchun to‘lov varaqasi (chek)ni bermaganligi bo‘yicha ma’lumotlarni soliq idoralariga berayotganlikda ayblashgan. So‘ng fuqarolar 1984 y.t. D.G‘., 1998 y.t. X.A., 1983 y.t. U.L., 1981 y.t. N.N., 1990 y.t. X.S. va boshqalar L.F.ni turli so‘zlar bilan haqoratlab, shovqin ko‘tarib jamoat tartibini buzishgan.

Hozirda ushbu fuqarolarga nisbatan o‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-modda («Haqorat qilish»), 183-modda («Mayda bezorilik»), 200-modda («O‘zboshimchalik»)lari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, «Soliq hamkor» dasturining ishga tushirilishidan maqsad iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga, tadbirkorlarning qonunga rioya etgan holda ishlashlarini ta’minlashga qaratilgan. Agar tadbirkorlar ularga yuborilgan jarimadan norozi bo‘lsa, soliq idoralariga shikoyat qilishlari mumkin, ularning murojaati o‘rganib chiqilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring