Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi OTM yana bir jahon hamjamiyati safiga qo‘shildi

Toshkentdagi OTM yana bir jahon hamjamiyati safiga qo‘shildi

Foto: Institut matbuot xizmati

Besh qit’ada joylashgan eng sara universitetlarni o‘zida jamlagan Suv munosabatlari va diplomatiyasi bo‘yicha universitetlararo hamkorlik jamiyati Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini o‘z safiga qo‘shdi. Bu haqda institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov xabar berdi.

Ushbu jamiyat «Delft» suv ta’limi instituti (Niderlandiya), Xalqaro suv menejmenti instituti (Shri Lanka), Oregon shtati universiteti (AQSh), Tinchlik bo‘yicha universitet (Kosta Rika) kabi universitet va tashkilotlarni o‘z ichiga qamrab olgan.

Jamiyatning asosiy maqsadi Suv masalalarini yechishda diplomatik yondashuvni joriy qilish hisoblanadi. Suvni boshqarish — bu nizoni boshqarish demakdir. Orol dengizidan Zambezi daryosigacha suv masalalari bo‘yicha tortishuvlar mahalliy, mintaqaviy, milliy va xalqaro darajada ustuvor hisoblanadi.

Dunyo miqyosida suvga ehtiyoj ortib bormoqda, yer osti suvlari pasaymoqda, suv havzalari tobora ifloslanmoqda va yetkazib berish, tozalash infratuzilmasi ma’nan eskirib bormoqda. Muammolar tobora kuchayib borishi bilan mojarolarning ehtimoli oshib, suv havzasidagi tomonlarning o‘zaro hamkorligi zarurati paydo bo‘ladi. O‘qitish, ilmiy izlanish va xizmat ko‘rsatish missiyasiga ega bo‘lgan global hamjamiyat transchegaraviy suv bilan bog‘liq nizolarni oldini olish va hal qilishda ko‘p narsani taklif qilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring