Toshkentdagi kanalda cho‘kib ketgan erkak ham topildi
Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida cho‘kkan erkakning jasadi topildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Renessans TV Toshkentdagi Bo‘rijar kanalining Chilonzor tumani hududidan o‘tgan qismida uch kishi, jumladan 5 yoshli bola va uning onasi cho‘kib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 10-aprel kuni sodir bo‘lgan. 5 yoshli bola qirg‘oqda o‘ynab, tasodifan suvga tushib ketgan. Bolaning onasi esa uni qutqarish uchun suvga sakragan, biroq kuchli oqim tufayli u ham cho‘kib ketgan. Boshqa bir kishi esa ularga yordam berishga harakat qilgan, lekin uni ham suv oqimi olib ketgan.
Toshkent shahri FVB vakili Zuhriddin Qurbonov qutqaruvchilar bola va ayolning jasadini topganini, erkakni esa qidirish ishlari davom etayotganini bildirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter