Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi gavjum ko‘chalardan birida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentdagi gavjum ko‘chalardan birida YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 15-fevral kuni ertalab soat 8:00 atrofida Toshkent shahrida yana bir ayanchli yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Balki bu Toshkentda yog‘a boshlagan qorning ta’siridir.

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi gavjum ko‘chalardan birida 72-raqamli yo‘lovchi avtobus inkassatsiya yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan. «Qozog‘iston» kinoteatri yonida yuz bergan YTHda hech kim jabrlanmagan.

Yunusobod tuman IIB tomonidan saytimizga xabar berishlaricha, voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring