Toshkentdagi anjumanlar saroyida «Vatan manzumasi» nomli adabiy ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi
![Toshkentdagi anjumanlar saroyida «Vatan manzumasi» nomli adabiy ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi](https://static.xabaruz.com/crop/4/0/720_460_95_4003034303.jpg)
26-yanvar, payshanba kuni «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida «Vatan manzumasi» nomli adabiy ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. Harbiylar, yoshlar ishtirok etgan tadbirda Vatanni madh etuvchi she’rlar va qo‘shiqlar ijro etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Qahramonlari, xalq shoirlari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, taniqli shoirlar Shavkat Rahmon, Enaxon Siddiqova, Sirojiddin Sayyid, Zebo Mirzayevalarning she’rlari yangradi.
Harbiylar ijrosidagi qo‘shiqlar barchani to‘lqinlantirdi, Sevara Nazarxon ijrosidagi «Ulug‘imsan Vatanim» esa kechaga yakun yasadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter