Toshkentda yoshlarning innovatsion g‘oyalari taqdim etildi
![Toshkentda yoshlarning innovatsion g‘oyalari taqdim etildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_2246514776.jpg)
Eng yaxshi innovatsion g‘oya mualliflariga esa homiylarning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Bugun poytaxtimizning Sergeli tumanida «Yoshlarning innovatsion g‘oyalari va texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash yarmarkasi» tashkil etildi.
«O‘zikkilamchiranglimetall» AJ, Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi, «Artel» kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rgazma tumandagi «Yoshlar sport city» sport majmuasining ochilish marosimi bilan hamohang tarzda o‘tdi.
Mazkur majmua mahalliy aholining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida «O‘zikkilamchiranglimetall» AJ tomonidan qurib bitkazilgan.
Yarmarkada 100 ga yaqin yoshlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etdilar.
![](https://static.xabar.uz/uploads/1/720__-vHI4W-VvhQlxVRIYWnJ4XTO3pyGtNNL.jpg)
Ko‘rgazma korxonalar, ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida manfaatli aloqalar o‘rnatish, yoshlarning yangi ilmiy va amaliy ishlanmalarini namoyish etishi uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Ko‘rgazma yakunida barcha ishtirokchilarga tashakkurnomalar, eng yaxshi innovatsion g‘oya mualliflariga esa homiylarning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/1/720__vWf_CeV5THNClQTJLtZ92dh4yWDnJBoJ.jpg)
Ko‘rgazma doirasida tadbirkorlar va yoshlar taqdim etilgan qiziqarli innovatsion ishlanmalarni kelgusida hayotga tatbiq etish bo‘yicha kelishib olishdi.
Tadbir bayramona tarzda tashkil etilib, mehmonlarga ko‘k somsa, palov, sumalak kabi milliy taomlar tortildi hamda konsert dasturi taqdim etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter