Toshkentda yosh bolaga uyatsiz harakat sodir etgan taksi haydovchisi ushlandi
Internet tarmog‘ida voyaga yetmaganga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksichi bilan bog‘liq hodisa haqida xabar tarqalgandi.
Mazkur fakt Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingani, jumladan, Bobur J.ning voyaga yetmagan o‘g‘liga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar sodir etgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab yo‘llagan arizasiga asosan Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi hamda ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilayotganligi haqida ma’lum qilingandi.
Qo‘shimcha ma’lumot berilishicha, mazkur jinoyat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan gumon qilinuvchining shaxsi (47 yoshli G‘ayrat D) aniqlandi. Hozirgi kunda u ushlangan va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan ayb e’lon qilinib, sud tomonidan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter