Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yosh bola 5-qavatda osilib qoldi va... tushib ketdi (video)

Toshkentda yosh bola 5-qavatda osilib qoldi va... tushib ketdi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun Toshkent shahridagi ko‘pqavatli uylarning birida 5-qavat derazasida yosh bola osilib qolgani va pastlikka tushib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Videodan bolani uy derazasi panjarasiga osilib qolgani, qancha harakat qilmasin, baribir tepa qavatdan tushib ketganini ko‘rish mumkin. Pastga qulashda u ikkinchi qavat derazasi ustidagi tomchaga urilgan, so‘ng uni bir necha kishi matoda tutib olishgan.

Eslatma: Asabi bo‘shlar videoni ko‘rmasin!

Ushbu hodisa va bolaning sog‘lig‘i haqida hali rasmiy xabar berilgani yo‘q.

Avvalroq Chilonzor tumanida bir yarim yoshli bola buvisining uyida bo‘lgan vaqtda qarovsiz qolganida, tokchaga chiqib 4-qavatdagi xonadon derazasidan pastga tushib ketgandi.

Hurmatli ota-onalar! Yosh bolalaringizni uyda yolg‘iz qoldirmang. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring