Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «ZAZ-968M» mashinasi yonib ketdi

Toshkentda «ZAZ-968M» mashinasi yonib ketdi

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi

11-aprel kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumanida haydovchi, 2000-yilda tug‘ilgan A.P. boshqaruvidagi «ZAZ-968M» hamda 1977 yilda tug‘ilgan Z.M. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda «ZAZ-968M» avtomobilining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in bartaraf etilgan. To‘qnashuv va yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring