Toshkentda yirik xalqaro kengash ish boshladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tayotgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishida ishtirok etmoqda.
An’anaga ko‘ra, tadbir avvalida raislik qiluvchi davlat madhiyasi va Qur’on oyatlari yangradi.
Ayni vaqtda davlatimiz rahbari anjumanda nutq so‘zlamoqda:
“Bankning yillik anjumani Toshkentda o‘tkazilishi o‘ziga xos ramziy ma’noga ega.
Biz buni O‘zbekistonning islom dunyosi rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, mamlakatda so‘nggi besh yil davomida olib borilayotgan izchil islohotlarning e’tirofi, deb hisoblaymiz.
O‘zbek xalqining buyuk ajdodi, butun musulmon olamining ulug‘ namoyandasi Imom Al Buxoriy hazratlari jamlagan “Sahihi Buxoriy” kitobida zikr etilgan hadisi sharifda aytilganidek, “Albatta, amallar niyatga bog‘liqdir”.
Barchamiz xolis niyat qilgan ekanmiz, Yaratganning marhamati bilan bugun Islom taraqqiyot banki guruhining yillik uchrashuvini jonli ravishda o‘tkazishga muvaffaq bo‘layapmiz.
Ta’kidlash joizki, mazkur tadbir pandemiya boshlangandan beri dunyodagi xalqaro moliyaviy institutlar orasida birinchi bo‘lib tashkil etilgan nufuzli anjumandir".
Davlatimiz rahbari Islom taraqqiyot bankining barcha a’zo davlatlari vakillari nomidan Muhammad Al-Jassirni bank Prezidenti lavozimida ish boshlagani bilan tabrikladi va yurtimiz bilan hamkorlik faoliyatining muhim qismiga aylanishiga ishonch bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter