Toshkentdan uy olib berishni va’da berib, firibgarlik qilganlar qo‘lga olindi

2018-yil oktyabr oyida «Bama Biznes» korxonasi rahbari X.E. va uning sherigi J.X.lar, Yashnobod tumanida yashovchi L.H. ismli ayolga «Bama Biznes» MChJ tomonidan qurilayotgan yangi uylardan uch xonaligini olib berishliklarini aytishgan.
2019-yil 25-aprel kuni Toshkent shahrining Sergeli tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, ular aldov yo‘li bilan ayoldan 12000 AQSh dollarini olishgan va shu kunga qadar va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.E. va J.X.lar ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter