Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda uch qavatli ko‘prik qurilayotgani sabab yopilgan yo‘l qisman ochildi

Toshkentda uch qavatli ko‘prik qurilayotgani sabab yopilgan yo‘l qisman ochildi

Toshkent shahri, Maxtumquli ko‘chasidagi uch qavatli ko‘prik qurilishi yakunlanmaganiga qaramay transport qatnovi qisman qayta tiklandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan xabar berilgan.

«Fuqarolarimizning ko‘p sonli iltimoslariga ko‘ra, Maxtumquli ko‘chasida ko‘prik qurilishi ishlariga qaramay, 12 mart kuni soat 8:00 da Parkent ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasiga bo‘lgan yo‘l Maxtumquli ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasiga bo‘lgan yo‘nalishda ochiladi. Bunda qurilish ishlari davom etadi, haydovchilardan xavfsizlik choralariga rioya qilishni so‘raymiz.

Vujudga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! Tez kunda mazkur hududda ishlar yakunlanib, harakat to‘liq tiklanadi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘nalishda transport harakati 3 mart sanasida yopilgan va 13 mart sanasida harakat qayta tiklanishi xabar qilingan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring