Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Matiz» o‘quvchini urib yubordi. Piyoda vafot etgan

Toshkentda «Matiz» o‘quvchini urib yubordi. Piyoda vafot etgan

Joriy yilning 16-may kuni taxminan soat 19:00 larda Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasida, haydovchi 1992-yilda tug‘ilgan M.A. ishonch qog‘ozi asosida «Matiz» avtomashinasida harakatlanib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Natijada piyoda, 2011-yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi E.Q. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring