Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda tungi chiroqlarning ayrimlari o‘chiriladi

Toshkentda tungi chiroqlarning ayrimlari o‘chiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkentda 16 noyabrdan boshlab ko‘cha yoritish tarmoqlari vaqtinchalik tungi iste’molini cheklash tartibiga o‘tkazildi. Bu haqda «Toshshaharnur» davlat unitar korxonasi xabar qildi.

«Hozirgi kunda respublikamiz hukumati elektr energiyasi iste’molchilarining oldiga yana bir muhim vazifa — energiya resurslaridan ehtiyotkorlik va mas’uliyat bilan foydalanish vazifasini qo‘ydi… Toshkent shahri aholisi va mehmonlari kechki va tungi vaqtda yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunadilar, shuningdek, kundalik hayotda elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishning umumiy vazifalarini hal qilishda faol ishtirok etadilar, deb umid qilamiz», — deyiladi korxona xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, ko‘cha yoritish tizimlarini energiya tejash rejimiga o‘tkazish asosan markaziy ko‘chalarning yoritish tizimiga va illyuminatsiya chiroqlariga taalluqli bo‘lib, ko‘cha chiroqlari butunlay o‘chirilmaydi.

Ko‘chalar, aholi yashash joylari, mavze va mahallalar me’yor darajasida yoritilishda davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring