Toshkentda to‘rt avtomobil to‘qnashdi

Toshkent shahri, Olmazor tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Bugun, 2022-yil 6-fevral kuni soat 13:00 larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasida haydovchilar:
1) 1993-yilda tug‘ilgan J.O. boshqaruvidagi «Mercedes Benz» rusumli yuk avtomobili;
2) 1966-yilda tug‘ilgan R.G. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli;
3) 1989-yilda tug‘ilgan A.U. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli;
4) 1998-yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvida bo‘lgan «Hyundai Sonata» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv natijasida, «Lacetti» rusumli avtomobilda bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda ushbu YTH yuzasidan YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter