Toshkentda tilanchi ayol IIO xodimi bilan janjallashdi
![Toshkentda tilanchi ayol IIO xodimi bilan janjallashdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/0/720_460_95_3094202388.png)
Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol IIO xodimini urib, nimagadir qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 12 yanvar kuni taxminan soat 18.00 larda 2003 yilda tug‘ilgan Samarqand viloyatida yashovchi Sh.A., Shayxontohur tumani Samarqand darvoza ko‘chasida yo‘lning qatnov qismida 2 nafar voyaga yetmagan farzandlaridan foydalanib tilanchilik qilgan. Shu hududda xizmat olib boruvchi IIO xodimi unga tilanchilik bilan shug‘ullanmasligini va yo‘lning qatnov qismidan chetga o‘tishi kerakligini aytganida Sh.A. IIO xodimi bilan gap talashib urushib ketgan. Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida aniqlanishicha Sh.A. muqaddam 11 marotaba tilanchilik qilgani uchun IIO xodimlari tomonidan ogohlantirilgan. Bundan tashqari, Sh.A. ikki nafar voyaga yetmagan (kichigi 8 oylik) farzandidan foydalanib, ularning hayotini xavf ostiga qo‘yib, yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining harakatlanishiga xalaqit qilib tilanchilik bilan shug‘ullangan.
Sh.A.ning voyaga yetmagan farzandlari borligi, ulardan bir nafari emizikli go‘dak ekanligini inobatga olib unga ogohlantirish berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter