Toshkentda «Spark» metroga tushib ketdi
![Toshkentda «Spark» metroga tushib ketdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/4/720_460_95_1436064915.jpg)
Kecha, 26 fevral soat 23:20 lar atrofida, Toshkent metropolitenining «Shahriston» metro bekatidagi chorrahaga yaqin qismida «Spark» avtomashinasini boshqarib kelayotgan fuqaro boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida, metroning kirish qismiga tushib ketgan.
Qayd etilishicha, voqea joyiga tibbiyot xodimlari yetib kelgan va jabrlanuvchilar tibbiyot muassasasiga olib ketilgan.
«Holat yuzasidan batafsil ma’lumotni dastlabki surushtiruv ishlari yakuniga yetgach ma’lum qilamiz», — deyiladi Toshkent metropoliteni xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter