Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda shirkat rahbari xalq pulini «tuya qilgani» aniqlandi

Toshkentda shirkat rahbari xalq pulini «tuya qilgani» aniqlandi

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unga ko‘ra, «O.B.» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari B.X. xonadon egalaridan kommunal to‘lovlari uchun undirilgan jami 350,6 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring