Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Sakkizinchi Markaziy Osiyo savdo forumi o‘tkazilmoqda

Toshkentda Sakkizinchi Markaziy Osiyo savdo forumi o‘tkazilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 17-oktyabr kuni Toshkentda Sakkizinchi Markaziy Osiyo savdo forumi o‘tkazilmoqda. Forumga Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa hamda AQShdan, jami 27 ta mamlakatdan mingdan ortiq davlat va xususiy biznes vakillari tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston ilk bora mazkur biznes-forumga mezbonlik qilmoqda.

Markaziy Osiyoda AQShning Xalqaro Rivojlanish Agentligi (USAID) va O‘zbekiston Respublikasining Tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu yillik forum mintaqaviy savdoni kengaytirishga ko‘maklashuvchi ishlab chiqaruvchilar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes tarmoqlarini taklif etish va rivojlantirish imkoniyatlari orqali aloqa o‘rnatish negizi hamda mintaqadagi chegaralararo savdoni rivojlantirish uchun muloqot va muzokaralar vositasi hisoblanadi. Bu yilgi forumning mavzusi «Savdo va investitsiyani rivojlantirishda yangi yo‘nalishlar» Markaziy Osiyoning mintaqaviy va xalqaro savdo uchun ochiqligi ortishini aks ettiradi. Bu ayniqsa, Markaziy Osiyodagi savdoni moliyalashtirishga e’tibor qaratilgan holda, O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirishga, maqbul investitsiya va biznes iqlimini shakllantirishga, shuningdek turizmni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada kengaytirishga imkoniyat yaratadi.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining vaqtincha boshqaruvchisi Alan Meltser:

«Borgan sari murakkablashayotgan va aloqalari rivojlanayotgan jahon sharoitida biz tezkor hal qilishni talab etadigan yangi muammolarga duch kelamiz. Bu yangi muammolar yangi imkoniyatlarni ham ochib beradi. Hozir, har qachongidan ham, bizga ushbu forum kabi, ish hamkorligini yo‘lga qo‘yish, g‘oyalar almashish va yangi bozorlarga kirish imkonini beruvchi tadbirlar kerak bo‘ladi».

Savdo ko‘rgazmasida butun mintaqa bo‘ylab turli sohalarda, shu jumladan, transport, turizm, axborot texnologiyalari, jihoz-uskunalarni ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, unga ishlov berish kabi yo‘nashlishlarda faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq korxonalar o‘z mahsulotini namoyish etmoqda. Mintaqaviy darajada korxonalar rivojlanishiga ko‘maklashish va savdoning chegaralaro kengayishiga qaratilgan faoliyat  orqali USAID xususiy sektorning ko‘proq turli-tumanligi va raqobatbardoshligi rivojlanishiga va eksport mahsuloti yaratilishiga ko‘maklashadi.

Ushbu forum tashkilotchisi USAID ning Markaziy Osiyoda raqobatbardoshlik, savdo va ish o‘rinlarini yaratishga oid loyihasi bo‘lib, uning faoliyati Markaziy Osiyoning beshta davlatida meva-sabzavot, turistik, transport va logistika sohalarida eksport va va bandlikni oshirishga qaratilgan. Mintaqadagi kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirib, savdodagi to‘siqlarni bartaraf etib, USAID eksport salohiyatini oshirish uchun barqaror va raqobatbardosh xususiy sektorning qaror topishiga ko‘maklashadi.

www.catradeforum.org – #catf2018

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring