Toshkentda qurilish mollari saqlanayotgan konteyner yonib ketdi
Toshkentda qurilish mollari saqlanayotgan konteyner yonib ketdi.
2024-yil 17-yanvar kuni soat 17:16 da Bektemir tumani, Porloq ko‘chasida joylashgan konteyner ichidagi qurilish mollari yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Yong‘inga 4 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 17:27 da yetib borib, soat 17:44 da o‘rab olinib, 17:54da batamom o‘chirildi, deyiladi xabarda.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q, yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq Toshkentda kafe, Samarqandda esa bog‘ yonib ketgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter