Antalya aeroportiga qo‘ngan Rossiya samolyotida yong‘in sodir bo‘ldi
Turkiyaning Antalya aeroportiga qo‘ngan Rossiyaning Sukhoi Superjet 100 samolyotida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Turkiya nashrlari xabar berdi.
«Azimut» aviakompaniyasiga qarashli samolyot Sochidan uchib kelgan. Aeroport yong‘in xizmati yong‘inni zudlik bilan o‘chirgan.
Rosaviatsiya bayonotiga ko‘ra, samolyot qo‘nishi bilan yong‘in boshlangan. Uning bortida 89 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan — yong‘in oqibatida qurbonlar yo‘q, barcha yo‘lovchilar qutqarilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot chiqarilganiga 7 yil bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter