Toshkentda qurilish firmasining yigirmata ishchisi ovqatdan zaharlandi
Poytaxtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish firmasining 20 nafar ishchisida ovqatdan zaharlanish holati aniqlandi.
Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabar berdi.
Qurilish firmasining ishchilari Tez tibbiy yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya mikrobiologiya va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qabul bo‘limiga ovqat toksikoinfeksiyasi shubhasi bilan olib kelingan.
«Hozirda bemorlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, ularning ahvoli qonikarli ekanligini ma’lum qilamiz.
Shu o‘rinda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati yurtdoshlarimizga sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlarni iste’mol qilmaslik, iste’mol uchun mo‘ljallangan taomlarni tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishingizni so‘raydi», deyiladi xizmat tarqatgan rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter