Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qo‘lga olingan shaxs bo‘yicha tarqalgan videoga izoh berildi

Toshkentda qo‘lga olingan shaxs bo‘yicha tarqalgan videoga izoh berildi

Foto: IIBB

Internet tarmog‘ida erkak kishining qo‘lga olinishining videosi tarqalishi bilan bog‘liq fakt yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.

Qayd etilishicha, 2-oktyabr kuni Mirobod tumani IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan prokuratura organlarining qaroriga ko‘ra mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining rahbari bo‘lmish Sayidali M.ning turar joyi aniqlangan. Ilgariroq, tergov oldi tekshiruvlari davomida prokuratura xodimlari tomonidan mazkur MChJ rahbariyati majburiy soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlagani aniqlangan.

Bundan tashqari, Sayidali M.ga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlarda boshqa bir MChJ rahbari A.G.dan kelib tushgan ariza mavjud. Mazkur arizada dori vositalarining oldi-sotdisi kelishuvi bo‘yicha qolgan mablag‘ to‘lanmaganligi ma’lum qilingan.

Tezkor xodimlar o‘zlarini tanishtirib va xizmat guvohnomalarini ko‘rsatib Sayidali M.ga tuman prokuraturasiga unga nisbatan kelib tushgan ariza bo‘yicha holatni aniqlash uchun borish kerakligini aytishgan. Ammo Sayidali qochishga urinib, faol qarshilik ko‘rsatgan. Shuning uchun xodimlar qonunchilikka muvofiq Sayidalining qo‘llariga kishan solib prokuraturaga olib borishga majbur bo‘lishgan. Hozirgi vaqtda Mirobod tumani prokuraturasi tomonidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda, deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring